O'zbekiston

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasini ochdi

Qayd etilishicha, bankning Markaziy Osiyodagi portfeli 3 milliard yevroga yetgan.Bank Transkaspiy transport yo‘lagini ham katta mablag‘lar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Bankning O‘zbekistondagi loyihalar portfeli 1 mlrd yevroga yetgan bo‘lib, transport, energetika, suv ta’minoti va raqamlashtirish sohalarini qamrab olmoqda.

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasini ochdi



Bugun, 18-iyun kuni Yevropa investitsiya banki (YeIB) Toshkentda Mrkaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi ochildi. Mazku bank mintaqadagi faoliyatini yanada kengaytirmoqda. Kompaniya bu haqda Zamon.uz’ga ma’lum qildi.



Biz mintaqaviy vakolatxona ochishga qaror qilganimizda, Markaziy Osiyoda o‘zgarishlar qanchalik tez sur’atlarda kechayotganini va sifatli investitsiyalarga talab qanchalik yuqori ekanini ko‘rdik. Hududda bevosita faoliyat yuritish bizga tezroq harakat qilish, hamkorlarimiz bilan yaqindan ishlash va g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish imkonini beradi. Biz transport va energetikadan tortib suv va raqamli infratuzilmagacha bo‘lgan sohalarda katta imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz”, degan Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Marak Mora.



Qayd etilishicha, YeIB Markaziy Osiyoda 2009-yildan buyon faoliyat yuritib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirib kelmoqda. Hozirda bankning amalga oshirilayotgan loyihalar qatoriga Transkaspiy transport yo‘lagini qo‘llab-quvvatlash, Rog‘un va Qambarota-1 kabi yirik gidroenergetika loyihalari hamda mintaqaviy raqamli o‘zaro bog‘lanish loyihalari kiradi.



Ayni paytda YeIB Global Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) bilan birgalikda O‘zbekiston–2030 strategiyasi va Yevropa Ittifoqining Global Darvoza tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan istiqbolli operatsiyalar portfelini ishlab chiqmoqda, jumladan:
 
Transport – ayniqsa Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘ylab yashil, aqlli va xavfsiz transportni qo‘llab-quvvatlash;


Iqlim, energetika va suv – toza energiyaga o‘tish va suv resurslarini yanada barqaror boshqarish bilan bog‘liq investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash;


Raqamli soha – xavfsiz va ishonchli o‘zaro bog‘lanishni qo‘llab-quvvatlash;


Sog‘liqni saqlash – sog‘liqni saqlash ta’minot zanjirlarini va mahalliy vaksina ishlab chiqarishni mustahkamlash;


Muhim xomashyo – mahalliy sanoat qiymat zanjirlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.



O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo Vaziri Laziz Kudratovning aytichiah, O‘zbekiston hozirgi vaqtda o‘z kelajagi uchun katta sarmoya kiritmoqda.



Toshkentda Yevropa Investitsiya Banki vakolatxonasining ochilishi bizga yangi tajriba, yangi moliyalashtirish imkoniyatlari va iqtisodiyotimiz hamda fuqarolarimiz uchun muhim bo‘lgan murakkab loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadigan uzoq muddatli hamkorni taqdim etadi”, degan vazir. 



Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaarga ko‘ra, Toshkentda Yevropa Investitsiya Bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning navbatdagi muhim bosqich hisoblanadi.



Ma’lumot uchun, 2023-yilda Yevropa Investitsiya Jamg‘armasi Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Belgiya va Niderlandiya bilan birgalikda innovatsion startaplarni rivojlantirishga qaratilgan “European Tech Champions” tashabbusini ishga tushirdi.



Bugungi kunga qadar ushbu tashabbus 14 ta yirik Yevropa venchur kapital fondining tashkil etilishiga va 43 ta kompaniyaning kengayishiga yordam berdi, jumladan kapitali 1 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 11 ta “yakkashox” kompaniya ham shular jumlasidandir.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

custom img

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

custom img

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

Jizzaxdagi AES, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, Yangi Toshkent aeroporti va yangi avtomobil yo‘llari — mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida.

custom img

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

custom img

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"