O'zbekiston

Bolalarni tashish qoidalarini buzganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun 30 BHM miqdorida jarima va haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etildi.

Bolalarni tashish qoidalarini buzganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalarni tashish va bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, kodeks 128-11-modda bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan.

 

Unga muvofiq, bolalarni tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga 30 BHM miqdorida jarima solish hamda ularni bir yildan uch yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish taklif etilmoqda.

 

Agar ushbu qoidabuzarlik transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxs tomonidan sodir etilsa, 50 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Shuningdek, bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini buzganlik uchun ham 30 BHM miqdorida jarima joriy etilishi taklif etilgan. Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 50 BHMgacha oshiriladi.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"