Jahon

Eron JCHdagi cheklovlar sabab FIFAga shikoyat qildi

Eron tomoni noroziligi AQSh hududiga kirish va tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun belgilangan vaqt cheklovlariga qaratilgan.

Eron JCHdagi cheklovlar sabab FIFAga shikoyat qildi

 

Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida milliy terma jamoaga qo‘yilgan ayrim tashkiliy cheklovlar yuzasidan FIFAga rasmiy shikoyat yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda The Telegraph jurnalisti Jeyms Daker FFIRI bayonotiga tayanib xabar berdi.

 

Federatsiya vakillarining bildirishicha, asosiy norozilik Eron terma jamoasiga AQSh hududiga kirish va mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘yilgan vaqt cheklovlari bilan bog‘liq. Xususan, jamoaga Belgiyaga qarshi o‘yin o‘tkaziladigan Los-Anjelesga faqat o‘yin arafasida kirishga ruxsat berilgani tanqid qilinmoqda.

 

FFIRI bunday qarorlar barcha ishtirokchi jamoalar uchun teng sharoit tamoyiliga zid ekanini va bu holat terma jamoaning tayyorgarlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, Eron tomoni avvalroq Meksikaning Tixuana shahridagi mashg‘ulot bazasidan AQShga ikki kun oldin yetib borish rejasini ilgari surgan, biroq bu taklif rad etilgani ham ma’lum qilingan.

 

Federatsiya mazkur vaziyat yuzasidan FIFAga tegishli tartibda rasmiy shikoyat yuborilishini va masala xalqaro futbol tashkiloti doirasida ko‘rib chiqilishini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron JCHdagi cheklovlar sabab FIFAga shikoyat qildi | Zamon.uz