Jahon

Japarovga yana 8–10 yil imkoniyat berish kerak — Asqar Akayev

Qirg‘iziston sobiq prezidenti mamlakatning barqaror rivoji uchun prezident vakolat muddatinini uzaytirish zarurligini ta’kidladi.

Japarovga yana 8–10 yil imkoniyat berish kerak — Asqar Akayev

 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov hamda bir qator xorijiy mehmonlar, shuningdek sobiq davlat rahbarlari — Asqar Akayev va Sooronbay Jeenbekov ishtirokida Cholpon-Ota shahrida Issiqko‘l xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

 

Forum doirasida so‘zga chiqqan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev Issiqko‘l forumi 1980-yillarda yozuvchi Chingiz Aytmatov tashabbusi bilan tashkil etilganini va bugungi kunga kelib xalqaro miqyosdagi muhim muloqot maydoniga aylanganini ta’kidlagan.

 

U o‘z nutqida dunyoda, xususan Sharq davlatlari va AQSh o‘rtasida kuchayib borayotgan keskinlikdan xavotir bildirib, zamonaviy geosiyosiy vaziyat va sun’iy intellekt bilan bog‘liq xavflar haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

 

Shuningdek, Asqar Akayev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning faoliyatiga baho berar ekan, mamlakatda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlik kuzatilayotganini qayd etgan. U bu jarayonlarni “Qirg‘iziston iqtisodiy mo‘jizasi” sifatida ta’riflagan.

 

Nutqi davomida Akayev qirg‘iz xalqiga murojaat qilib, agar amaldagi prezidentga mamlakat iqtisodiy rivojini davom ettirish uchun qo‘shimcha vakolat berilsa, bu uzoq muddatli barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qilishini bildirgan. U bunday vakolat 8–10 yil davom etishi mumkinligini ham tilga olgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Japarovga yana 8–10 yil imkoniyat berish kerak — Asqar Akayev | Zamon.uz