O'zbekiston

O‘zbekiston va Xitoy cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlarini imzoladi

Xitoyning Inchuan shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida O‘rmon agentligi ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida yangi kelishuvlarga erishdi.

O‘zbekiston va Xitoy cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlarini imzoladi

 

Xitoyning Inchuan shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Cho‘llanishga qarshi kurashish yo‘nalishida Xitoy – Markaziy Osiyo hamkorligi” xalqaro konferensiyasi doirasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi delegatsiyasi xitoylik hamkorlar bilan ikki muhim hamkorlik bitimini imzoladi.

 

Dastlab, O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov hamda Xitoyning Ningxua o‘rmon xo‘jaligi va yaylovlar boshqarmasi rahbari Vu Syaruy o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Mazkur hujjat ihota o‘rmonlari barpo etish, hududlarning yashillik darajasini oshirish, zamonaviy ko‘chatxonalar va onalik plantatsiyalarini tashkil etish, barqaror o‘rmon xo‘jaligi hamda yashil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, tuproq sho‘rlanishining oldini olish hamda ekotizimlarni bosqichma-bosqich mustahkamlash yo‘nalishlarida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

 

Konferensiya doirasida O‘rmon agentligi va Xitoyning “Yinchuan Wolsenn Modern Irrigation Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida ham alohida hamkorlik bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, xitoylik hamkorlar O‘zbekistonga suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalari — fertigatsiya namoyish tizimlarini yetkazib beradi hamda mahalliy mutaxassislar uchun muntazam o‘quv dasturlarini tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 110 ming yuanga teng.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, fertigatsiya texnologiyasi sug‘orish suvi bilan birga mineral o‘g‘itlarni ham o‘simlik ildiziga bevosita yetkazib berishga xizmat qiladi. Ushbu usul o‘g‘it sarfini 20–50 foizgacha qisqartirish, suvdan samarali foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatimizda yangi o‘rmonzorlar barpo etish va cho‘llanishga qarshi kurash tadbirlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi doirasida Arnasoy, Karmana, Muborak, Qorako‘l va Nukus tumanlarida galofit o‘simliklari bog‘lari tashkil etilgan. Mamlakatimizga Xitoydan 1,4 ming tonna galofit o‘simliklari urug‘lari olib kelingan bo‘lib, hozirda ulardan ko‘chat yetishtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, O‘rmon agentligi va Xitoyning “Sinoway Forest” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Zararli uglerodlarni yutuvchi o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish va ekotizimlarni tiklash” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida 5 ming gektar maydonda pistazorlar barpo etish ishlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Xitoy cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlarini imzoladi | Zamon.uz