O'zbekiston

Toshkentda kuchli jala sabab ayrim ko‘chalarda suv to‘plandi

Toshkent shahar hokimligi kuchli jala oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Toshkentda kuchli jala sabab ayrim ko‘chalarda suv to‘plandi

Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli jala va dovul oqibatida ayrim ko‘cha hamda yo‘llarda vaqtinchalik suv to‘planishi holatlari yuz berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa yuzaga kelgan ilk daqiqalardan boshlab barcha tegishli kommunal va maxsus xizmatlar kuchaytirilgan tartibda ish olib borgan. Suv bosgan hududlarda suvni chetlatish, yomg‘ir suvi oqova va drenaj tarmoqlarini tozalash, shuningdek, transport va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.

 

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda suv to‘planishi bilan bog‘liq asosiy holatlar bartaraf etilgan. Shu bilan birga, mas’ul xizmatlar vaziyatni monitoring qilishda davom etmoqda va zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

 

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan holatlar kuchli jala va dovul bilan bog‘liq tabiiy omillar oqibatidir. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ehtiyotkor bo‘lish hamda o‘zlari va mol-mulklarini asrash so‘ralgan.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"