O'zbekiston

“Boʻyim uzun emas, ammo kerakli joyda boʻlishni bilaman” — Abbosbek Fayzullayev

Futbolchi Kolumbiya darvozasiga urgan goli haqida gapirib, oʻzini tarixga kirgan baxtli inson deb his qilishini aytdi.

“Boʻyim uzun emas, ammo kerakli joyda boʻlishni bilaman” — Abbosbek Fayzullayev

 

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abbosbek Fayzullayev Kolumbiya darvozasiga kiritgan goli va bosh bilan oʻynashdagi uslubi haqida fikr bildirib, oʻsha vaziyatda omad ham muhim rol oʻynaganini taʼkidladi.

 

Futbolchining aytishicha, toʻpning aynan oʻzi turgan nuqtaga kelib qolishi qanchalik omad boʻlmasin, kerakli vaqtda kerakli joyda boʻlish ham katta ahamiyatga ega.

 

— Oʻsha payt toʻpning kelib qolgani ham balki omaddir, bilmayman. Oʻzimni baxtli inson deb his qilaman. Axir, tarixga kirganimning oʻzi katta baxt. Oʻzimni bosh bilan juda yaxshi oʻynaydigan futbolchi deb ayta olmayman. Lekin kerakli vaziyatda, kerakli joyda boʻlishim koʻp yordam beradi, — degan Fayzullayev.

 

Uning taʼkidlashicha, bosh bilan samarali oʻynash uchun faqat boʻy yetarli emas, balki toʻgʻri pozitsiya tanlash ham muhim omil hisoblanadi.

 

— Boʻyim baland emas, himoyachilardan ustun tomonim yoʻq. Shu sababli juda koʻp futbol tomosha qilaman. Deyarli hech bir uchrashuvni oʻtkazib yubormaslikka harakat qilaman. Hujumchilarning qayerga va qachon yugurishini kuzataman, oʻrganaman. Bu ham katta yordam beradi, — deya ta'kidlagan futbolchi.

 

Fayzullayevning fikricha, boʻyi pastligi baʼzan uning foydasiga ham ishlaydi.

 

— Himoyachilar mendan bosh bilan zarba chiqishini har doim ham kutishmaydi. Balki bu jihatning oʻziga yarasha afzalligi bordir. Eng muhimi — toʻgʻri joyni tanlash va oʻsha yerda vaqtida paydo boʻlish, — degan u.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Boʻyim uzun emas, ammo kerakli joyda boʻlishni bilaman” — Abbosbek Fayzullayev | Zamon.uz