Jahon

Ertaga, 21-iyun yilning eng uzun kuni bo‘ladi

Yozgi quyosh turishi tufayli kunduz soatlari eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.

Ertaga, 21-iyun yilning eng uzun kuni bo‘ladi

 

Associated Press agentligining xabar berishicha, 21-iyun kuni Shimoliy yarim shar aholisi yilning eng uzun kunini boshdan kechiradi. Mazkur astronomik hodisa yozgi quyosh turishi deb ataladi va Quyoshning osmondagi eng yuqori nuqtaga ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi.

 

Ushbu davrda kunduzgi yorug‘lik davomiyligi maksimal darajaga yetadi va Quyosh ufq uzra eng uzoq vaqt davomida ko‘rinib turadi. Shundan so‘ng Shimoliy yarim sharda kunduzlar asta-sekin qisqara boshlaydi va bu jarayon dekabr oyidagi qishki quyosh turishigacha davom etadi.

 

Janubiy yarim sharda esa buning aksi kuzatiladi. U yerda yilning eng qisqa kuni qayd etilib, astronomik qish fasli boshlanadi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “quyosh turishi” atamasi lotincha sol — “quyosh” va stitium — “to‘xtash” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, Quyoshning osmondagi ko‘rinma harakati ma’lum nuqtada go‘yoki to‘xtagandek ko‘rinishini anglatadi.

 

Astronomlarning izohiga ko‘ra, Yer o‘qining qiyaligi sababli Quyosh nuri yil davomida Shimoliy va Janubiy yarim sharlar o‘rtasida turlicha taqsimlanadi. Aynan shu omil fasllarning almashinuvi hamda kunduz va tun davomiyligidagi farqlarni yuzaga keltiradi.

 

Yozgi quyosh turishi odatda 20–22-iyun oralig‘ida sodir bo‘ladi. Bu yil ushbu hodisa 21-iyun sanasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qishki quyosh turishi esa odatda 20–23-dekabr kunlari orasida kuzatilib, Shimoliy yarim sharda yilning eng qisqa kuni va eng uzun tunini boshlab beradi.

custom img

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar tovon puli to‘ladi

Trampning apellyatsiya doirasidagi e’tirozlari rad etilib, sud qarori bilan yozuvchi va jurnalist Elizabet Kerrollning yuridik firmasiga mablag‘ o‘tkazildi.

custom img

Rossiyaga kelgan migrantlarning telefon sotib olishi majburiy qilinishi mumkin

Migrantlarning joylashuvini nazorat qilish uchun mobil telefon va elektron profil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Eron juda tez orada mag‘lub bo‘ladi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan mojaroda g‘alaba yaqin ekanini ta’kidladi.

custom img

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin

Depozit miqdori har bir arizachining holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.

custom img

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

custom img

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

custom img

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"