O'zbekiston

Xorijdagi nufuzli oliygohlarni tugatganlar maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Qo‘shimcha to‘lovlar bakalavriat, magistratura va PhD darajalariga ega mutaxassislar uchun belgilangan bo‘lib, uch yilgacha muddat davomida ajratiladi.

Xorijdagi nufuzli oliygohlarni tugatganlar maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) sohasida faoliyat yuritayotgan yosh va istiqbolli kadrlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'lum qildi.

 

 

Mazkur tartib “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 260-bandi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

 

Unga ko‘ra, TOP–200 va TOP–500 xalqaro reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, NNTlarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarga lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

 

Qo‘shimcha to‘lovlar bakalavriat, magistratura va PhD darajalariga ega mutaxassislar uchun belgilangan bo‘lib, uch yilgacha muddat davomida ajratiladi.

 

Top 200 xalqaro reytingdagi OTMni bitirgan yosh mutaxassisga:

 

  • bakalavriat uchun BHMning 7 baravari (2 mln 884 ming so‘m),
  • magistratura uchun BHMning 10 baravari (4 mln 120 ming so‘m),
  • PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja uchun BHMning 15 baravari (6 mln 185 ming so‘m) miqdorida ustama to‘lanadi.


Top 500 xalqaro reytingdagi OTMni bitirgan yosh mutaxassisga:

 

  • bakalavriat uchun BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming so‘m),
  • magistratura uchun BHMning 7 baravari (2 mln 884 ming so‘m),
  • PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja uchun BHMning 10 baravari (4 mln 120 ming so‘m) miqdorida ustama to‘lanadi.

 

Yosh mutaxassis ustamaning faqat bitta turidan30 yoshgacha foydalanadi. Ustama olish uchun arizalar www.ngo.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"