O'zbekiston

O‘zbekiston yosh metrologlari xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni egalladi

Sankt-Peterburgda o‘tgan MDHning eng yaxshi yosh metrologi tanlovida O'zbekiston vakillari I va II o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston yosh metrologlari xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni egalladi

 

Joriy yil 16–17-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida “KELAJAK BIZNIKI” (“ЗА НАМИ БУДУЩЕЕ”) shiori ostida IV Xalqaro ilmiy-amaliy yosh olimlar va mutaxassislar anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur anjuman doirasida o‘tkazilgan “MDHning eng yaxshi yosh metrologi” I Xalqaro tanlovida MDHga a’zo davlatlardan 40 nafar yosh mutaxassis ishtirok etdi.

 

Tanlov davomida ishtirokchilar metrologiyaning ilmiy, amaliy hamda raqamlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha topshiriqlarni bajarib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini, shuningdek, innovatsion loyihalarini taqdim etdilar.

 

Quvonarlisi, tanlov yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan O‘zMMI xodimlari sovrinli o‘rinlarni egalladi.

 

Xususan, ilmiy metrologiya yo‘nalishida Taubaldiyev Azamat faxrli I o‘rinni, metrologiyani raqamlashtirish yo‘nalishida esa Muxammad Aminov Axmadbek II o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Mazkur natijalar yosh mutaxassislarning yuqori ilmiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi hamda mamlakatimizda metrologiya sohasida yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.

custom img

Afg‘oniston vazirligi O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarni rad etdi — TIV

Avvalroq fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirining O‘zbekistonda Islom faqat nomigagina qolganini aytgani haqida xabar tarqalgandi.

custom img

Farg‘onada kuchli zilzila bo‘ladimi?

Farg‘ona vodiysida yaqin kunlarda kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqidagi xabarlarga O‘zR Fa oydinlik kiritdi.

custom img

Eng faol 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi

Yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum joriy yilda 1,6 trillion so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetkaziladi.

custom img

Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi

Prezident yig‘ilishida 960 ta kambag‘al oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagani tanqid qilindi.

custom img

Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahalla raislari xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolatiga ega bo‘ladi.

custom img

Toshkentda yerusti metro bekatining tomi qulab tushdi, ikki yo‘lovchi jarohatlandi

Hozirda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

XDP pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

Partiya pullik avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga ma’muriy jarima qo‘llash tashabbusi Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka zid ekanini bildirdi.

custom img

Navoiyda IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

U olib qo‘yilgan telefonni qaytarish evaziga 1000 AQSH dollari olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"