O'zbekiston

O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidan foydalanishi mumkin

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish uchun ixtiyoriy sug‘urta tizimida kamida 10 oy davomida sug‘urta badallari to‘langan bo‘lishi talab etiladi.

O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidan foydalanishi mumkin



“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, ayrim toifadagi xorijiy fuqarolar ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida ishtirok etish huquqiga ega. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Dilshodxon Muxamedjanova Zamon.uz’ga ma’lum qildi.



Xususan, O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy fuqarolar, agar O‘zbekiston Respublikasi va ularning fuqaroligi mansub bo‘lgan davlat o‘rtasida ijtimoiy ta’minot sohasida xalqaro shartnoma mavjud bo‘lsa, ushbu shartnoma shartlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidan foydalanishi mumkin.



Agar bunday xalqaro shartnoma mavjud bo‘lmasa, xorijiy fuqarolar davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular “Baraka” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ixtiyoriy sug‘urta badallarini to‘lab boradilar.



“Bugungi kunda ixtiyoriy sug‘urta badalining eng kam miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 foizini tashkil etadi va bugungi belgilangan miqdor bilan bu 63 550 so‘mni tashkil qilyapti. Ushbu sug‘urta badallarini oyma-oy to‘lab borish natijasida belgilangan sug‘urta stajiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar  o‘rnatilgan tartibda nafaqalarni olishlari mumkin bo‘ladi”, deydi mutaxassis.



Ixtiyoriy sug‘urta badallarini belgilangan tartibda to‘lab borgan xorijiy fuqarolar zarur sug‘urta stajini shakllantirgan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi doirasidagi tegishli nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘ladilar.



Masalan, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish uchun ixtiyoriy sug‘urta tizimida kamida 10 oy davomida sug‘urta badallari to‘langan bo‘lishi talab etiladi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlanadi va to‘lanadi.



Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Baraka” mobil ilovasi foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir necha tillarda faoliyat yuritadi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"