O'zbekiston

O‘zbekistonda xususiy kasbiy ta’lim markazlari soni to‘rt baravar oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekistonda xususiy kasbiy ta’lim markazlari soni to‘rt baravar oshiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda xususiy sektor imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, kelgusi uch yilda xususiy sektor ulushini oshirish orqali xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan o‘quv va baholash markazlari sonini 50 tadan 200 taga yetkazish, shuningdek, har yili 500 ming nafar aholini xususiy kasbiy ta’lim bilan qamrab olish maqsad qilingan. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 45 ming nafarni tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, 300 dan ortiq o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtiriladi, kamida 1 ming nafar o‘qituvchi va ta’lim ustalarining malakasi oshiriladi.

 

Dasturlarni moliyalashtirish uchun Bandlik jamg‘armasidan 500 milliard so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

 

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va muammolar ham ko‘rib chiqilib, xususiy kasbiy ta’lim markazlari uchun bojxona boji va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar, imtiyozli kreditlar hamda ayrim xarajatlarni kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarini qoplash, malaka sertifikatlash tizimini rivojlantirish hamda kasbiy ta’lim infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari taklif etildi.

 

Xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish maqsadida yil yakunigacha jihozlash dasturiga 100 million dollar jalb qilinishi, bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Venchur jamg‘armasi” tashkil etilishi hamda “kasb vaucheri” dasturi doirasida har yili mablag‘ ajratib borilishi rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, “Ko‘nikmalar parki” ekotizimini yaratish va soha muammolarini tezkor hal etish uchun raqamli muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Prezident taqdim etilgan chora-tadbirlarni ma’qullab, mas’ullarga kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"