O'zbekiston

O'zbekistonliklar Vetnamga kirishning yangi qoidalari haqida ogohlantirildi

Yangi tartibga ko‘ra, yo'lovchilardan mamlakatga kirishdan kamida 72 soat oldin maxsus elektron shaklni to‘ldirish talab etiladi.

O'zbekistonliklar Vetnamga kirishning yangi qoidalari haqida ogohlantirildi

 

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Immigratsiya xizmati mamlakatga kiruvchi barcha xorijiy fuqarolar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini (Pre-Arrival Information) joriy etdi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, yangi tartib 2026-yil 22-iyundan kuchga kiradi va 23-iyundan boshlab Uzbekistan Airways’ning HY561 reysi bilan Vetnamga yo‘l oluvchi yo‘lovchilarga ham tatbiq etiladi.

 

Yangi talablarga ko‘ra, Vetnamga safar qilayotgan xorijiy fuqarolar mamlakatga yetib borishdan kamida 72 soat oldin maxsus elektron shaklni to‘ldirishi shart. Buning uchun yo‘lovchilar Vetnam Immigratsiya xizmati tomonidan ishga tushirilgan rasmiy portal — prearrival.immigration.gov.vn orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 

Ariza muvaffaqiyatli rasmiylashtirilgach, yo‘lovchiga QR-kod taqdim etiladi. Mazkur QR-kod chegaradan o‘tish vaqtida taqdim etilishi uchun smartfonda saqlab qo‘yilishi yoki qog‘ozga chop etilishi tavsiya etiladi.

 

Uzbekistan Airways Vetnamga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolardan yangi talablarni oldindan bajarish va hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni so‘radi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O'zbekistonliklar Vetnamga kirishning yangi qoidalari haqida ogohlantirildi | Zamon.uz