O'zbekiston

PMI kompaniyasining xalqaro va mintaqaviy mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish va noqonuniy tamaki savdosiga qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

PMI kompaniyasining xalqaro va mintaqaviy mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi vakillari tomonidan  “Philip Morris International” (PMI) xalqaro kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

 

 

Uchrashuvda yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish hamda tamaki va nikotin mahsulotlarining noqonuniy savdosini cheklash va oldini olish borasida o‘zaro tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashindi. 

 

 

Tadbirda kompaniyaning xalqaro va mintaqaviy mutaxassislari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish  sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Shuningdek, Departament va Inspeksiya vakillari tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda taqdimotlar qilindi: 

  • kontrabanda va uyushgan sxemalarni aniqlash; 
  • xavf-xatarlarni tahlil qilish va yetkazib berishni kuzatish; 
  • shubhali mahsulotlarni aniqlash vositalari va kriminalistik ekspertiza; 
  • xalqaro tergov va mintaqaviy huquqni qo‘llash amaliyoti; 
  • biznes va huquq-tartibot organlari o‘rtasida tajriba almashish. 

 

 

Uchrashuv do‘stona muloqot tarzida o‘tkazildi hamda qayd etilgan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshirishga kelishib olindi. 

custom img

Toshkentda yerusti metro bekatining tomi qulab tushdi, ikki yo‘lovchi jarohatlandi

Hozirda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

XDP pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

Partiya pullik avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga ma’muriy jarima qo‘llash tashabbusi Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka zid ekanini bildirdi.

custom img

Navoiyda IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

U olib qo‘yilgan telefonni qaytarish evaziga 1000 AQSH dollari olgan.

custom img

Toshkent viloyatidagi barcha bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 16-iyuldan vaqtincha to‘xtatildi.

custom img

“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ilk kunida qariyb 490 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

Samarqandda o'tayotgan transport sohasiga bag‘ishlangan ko'rgazmada 81 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.

custom img

O‘zbekistonda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

18–20-iyul kunlari mamlakatga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.

custom img

"Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Bu mahsulot sifati va gastronomik brendini himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Endilikda fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va telefon raqamlarini onlayn boshqara oladi

My.gov.uz portalida bank kartalarini bloklash, foydalanilmayotgan SIM-kartalarni o‘chirish va pullik xizmatlarni tekshirish imkoniyati yaratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"