Jahon

AQSh Milliy razvedka tizimida ommaviy ishdan bo‘shatishlar boshlandi

Oq uy mazkur qaror Donald Trampning davlat idoralarini optimallashtirish siyosati bilan bog‘liqligini bildirdi.

AQSh Milliy razvedka tizimida ommaviy ishdan bo‘shatishlar boshlandi

 

AQSh Milliy razvedka boshqarmasi tizimida keng ko‘lamli xodimlarni qisqartirish jarayoni boshlandi. Bu haqda CNN telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi Bill Pulte tomonidan boshlangan qisqartirishlar Milliy razvedka direktori idorasidagi yuzlab lavozimlarga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, Milliy aksilterrorizm markazi hamda Milliy aksilrazvedka va xavfsizlik markazi eng ko‘p qisqartirishlar kutilayotgan tuzilmalar qatoriga kiradi.

 

Mazkur o‘zgarishlar AQSh Kongressidagi demokrat qonunchilar orasida xavotir uyg‘otdi. Senat va Vakillar palatasining razvedka qo‘mitalari a’zolari Mark Uorner va Jim Xayms Bill Pultega murojaat yo‘llab, bunday qisqartirishlar milliy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladilar. Ular, shuningdek, bunday qarorlarni amalga oshirishda Kongress roziligi zarurligini eslatib o‘tgan.

 

Oq uy esa AQSh prezidenti Donald Trampning Truth Social platformasidagi bayonotiga ishora qilib, qisqartirishlar davlat idoralari faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilganini ma’lum qilgan.

 

Bill Pulte iyun oyi boshida Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Federal uy-joy moliyalashtirish agentligiga rahbarlik qilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uning razvedka va milliy xavfsizlik sohasida avvalgi tajribasi bo‘lmagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.