O'zbekiston

G‘uzorda jarimasini to‘lamagan haydovchining 3 ta mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning 50 mln so‘mdan ortiq qarzi bo‘lgan.

G‘uzorda jarimasini to‘lamagan haydovchining 3 ta mashinasi xatlandi

Qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi yana bir bor amalda o‘z tasdig‘ini topdi.

Majburiy ijro byurosi G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan kommunal xizmatlardan bo‘lgan qarzdorlik hamda YHXBning 79 ta maʼmuriy jarimalari bo‘yicha 51 million so‘mlik qarzdorlikni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.



Ijro harakatlari davomida qarzdorning yashash xonadoni tekshirilib, unga tegishli bo‘lgan Malibu, Gentra va Cobalt rusumli avtomashinalar xatlandi hamda maxsus jarima maydonchasiga joylashtirildi.



Qonun talablariga ko‘ra, belgilangan muddatlarda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan hollarda davlat ijrochilari tomonidan mol-mulkni xatlash, transport vositalarini jarima maydonchasiga joylashtirish va boshqa majburiy ijro choralari qo‘llaniladi.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"