O'zbekiston

O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularning aksariyati qizlar — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari qizlarning ta’lim olishi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularning aksariyati qizlar — Saida Mirziyoyeva

 

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatda qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari tobora kengayib borayotgani va bu boradagi islohotlar o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etmoqda. Bu esa Prezident tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi ekani qayd etildi.

 

Saida Mirziyoyeva minglab oilalar qiz farzandlarining ta’lim olishi va kasb egallashiga ishonch bildirayotganini, qizlar esa o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarda tahsil olib, izlanishlar bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, u bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasi, atrofidagi muhit va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir ekanini qayd etdi.

 

Saida Mirziyoyeva ta’lim insonning hayot yo‘lini mustaqil tanlashi uchun kuch va erkinlik berishini ta’kidlab, qizlarning o‘z orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish muhimligini qayd etdi. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.