O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi

Taxiatoshda qarzdorning “JETOUR” avtomashinasi bank balansiga o‘tib ketdi.

Qoraqalpog‘istonda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi


Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.S.dan ATB “Biznesni rivojlantirish banki” Nukus filiali foydasiga 388 mln so‘m undirish belgilangan.



Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan va unga tegishli JETOUR X90 PLUS rusumli avtomashina tegishli tartibda xatlab qo‘yilgan.



Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan avtomobil elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.


Joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan avtomobilga xaridor topilmaganligi sababli ushbu mulk qarzdorlik evaziga ATB “Biznesni rivojlantirish banki” balansiga o‘tkazib berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.