O'zbekiston

Davlat idoralaridagi komplayens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi

Komplayens xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi belgilandi.

Davlat idoralaridagi komplayens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi

 

Prezident tomonidan 22-iyun kuni imzolangan qonun bilan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan komplayens xizmatlarining xavfsiz kafolatlariga qaratilgan yangi normalar joriy etildi.

 

Qonunga muvofiq, komplayens tuzilmalari xodimlari endilikda tegishli tashkilotlarning obyektlariga to‘sqinliksiz kirish, o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlar bilan tanishish, shuningdek, aniqlangan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, davlat organi yoki tashkilotining birinchi rahbarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan yoxud uni jinoiy guruh faoliyatiga rahnamolik qilayotgan deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, komplayens bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarga yuqori turuvchi komplayens xizmati bilan kelishilgan holda tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bevosita taqdim etish vakolati berildi.

 

Qonun bilan komplayens tuzilmalari xodimlarining huquqiy himoyasi ham kuchaytirildi. Xususan, ularga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkinligi belgilandi.

 

Mazkur yangiliklar davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining mustaqilligi va ta’sirchanligini oshirish, komplayens xizmatlari faoliyati uchun qo‘shimcha huquqiy kafolatlar yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"