Jahon

AQSH Quvayt va Saudiya Arabistonidagi harbiy bazalarini ko'chirishi mumkin — WSJ

Pentagon ayrim harbiy obyektlarni Eron raketalari yetib bormaydigan hududlarga ko‘chirish variantini muhokama qilmoqda.

AQSH Quvayt va Saudiya Arabistonidagi harbiy bazalarini ko'chirishi mumkin — WSJ

 

AQSh Yaqin Sharqdagi ayrim harbiy bazalarini Eron raketa va dronlari tahdididan uzoqroq hududlarga ko‘chirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashrga ko‘ra, Pentagon Bahrayndagi harbiy bazani modernizatsiya qilish, shuningdek, Quvayt va Saudiya Arabistonidagi Amerika harbiy ishtirokini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Rejalarga muvofiq, ayrim bazalar yoki ularning funksiyalarini Eron zarba vositalari yetib bormaydigan g‘arbiy hududlarga ko‘chirish ehtimoli ham o‘rganilmoqda.

 

WSJ ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri Isroil bo‘lib, u yerda mojaro davrida AQShning qiruvchi samolyotlari va yonilg‘i quyuvchi havo kemalari joylashtirilgan.

 

Nashrning yozishicha, AQSh mintaqadagi ayrim harbiy obyektlarga yetkazilgan zarar ko‘lamini oshkor qilmagan. Xususan, Bahrayndagi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Naval Support Activity Bahrain bazasi bir necha bor hujumga uchragan. Oqibatda qo‘mondonlik binolari, aloqa terminallari va boshqa inshootlarga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda.

 

Shuningdek, mintaqadagi harbiy va diplomatik obyektlarni o‘z ichiga olgan kamida 20 ta Amerika obyektiga zarbalar berilgani qayd etilgan. Ayrim inshootlar qayta tiklanmasligi mumkinligi, qo‘mondonlik markazlarini esa yer ostiga ko‘chirish masalasi ham muhokama qilinayotgani ta’kidlangan.

 

Nashr eslatishicha, 21-iyun kuni AQSh va Eron vakillari Qatar hamda Pokiston vositachiligida Shveysariyaning Burgenstok shahrida muzokaralar o‘tkazgan. Tomonlar uchrashuvni konstruktiv ruhda o‘tganini bildirib, keyingi texnik muzokaralar uchun zamin yaratilganini ma’lum qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.