Jahon

AQSH sudi Epshteyn sheriklarining ismlarini oshkor etishni talab qildi

Agar Adliya vazirligi bu talabni bajarmasa, sudga har bir hujjat yoki uning yopib qo‘yilgan qismi nima sababdan maxfiy saqlanishi lozimligini alohida asoslab berishi shart.

AQSH sudi Epshteyn sheriklarining ismlarini oshkor etishni talab qildi

AQSH federal sudi Adliya vazirligiga mojaroli moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ayrim hujjatlarni, jumladan, uning ehtimoliy sheriklari ismlarini oshkor etish yoki hujjatlardagi maxfiylashtirilgan har bir qism nima sababdan yopib qo‘yilganini qonuniy jihatdan asoslab berishni buyurdi. Bu haqda RIA Novosti tanishib chiqqan sud hujjatida keltirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil aprel oyida jurnalist Keti Pang AQSH Adliya vazirligi va bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Todd Blansh ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan. U vazirlikni Epshteynning ehtimoliy sheriklari ismlarini yashirgani hamda ish hujjatlarining katta qismini asossiz ravishda maxfiylashtirgani uchun ayblagan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Adliya vazirligi 2-iyulga qadar jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning to‘liq ismlari ko‘rsatilgan sakkizta xatni, ehtimoliy sheriklar ismlari qayd etilgan ikkita hujjatni, Federal qidiruv byurosining to‘rtta hisobotiga oid dastlabki xizmat qaydlarini, shuningdek, xorijdan olingan materiallarni e’lon qilishi kerak.

 

Agar vazirlik bu talabni bajarmasa, sudga har bir hujjat yoki uning yopib qo‘yilgan qismi nima sababdan maxfiy saqlanishi lozimligini alohida asoslab berishi shart.

 

Bundan tashqari, Adliya vazirligi federal reyestrda hujjatlardagi barcha maxfiylashtirilgan qismlar ro‘yxatini e’lon qilishi hamda Epshteyn ishi bo‘yicha yangi materiallar oshkor qilingan sari ushbu ro‘yxatni muntazam yangilab borishi lozim.

 

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Jeffri Epshteynga AQSHda voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida odam savdosi bilan shug‘ullanganlik ayblovi qo‘yilgandi. U o‘sha yil iyul oyida qamoqxonada vafot etgan. Tergov uning o‘z joniga qasd qilgani haqida xulosa chiqargan.

 

AQSH bosh prokurori o‘rinbosari (hozirda bosh prokuror vazifasini bajaruvchi) Todd Blansh joriy yil 30-yanvar kuni Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarni e’lon qilish jarayoni yakunlanganini ma’lum qilgan.

 

Ochiqlangan materiallar hajmi 3,5 milliondan ortiq faylni tashkil etadi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.