O'zbekiston

O‘zbekistonda qariyb 3 tonna narkotik yo‘q qilindi

Shu bilan birga yil oxirigacha psixotrop dorilar elektron retsept asosida sotiladi.

O‘zbekistonda qariyb 3 tonna narkotik yo‘q qilindi

 

26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste‘mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent shahri tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu sana 1987-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qarori bilan joriy etilgan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlar bilan nishonlanadi.

 

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat va hududiy komissiyalar a‘zolari, qariyb 200 nafar davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillari, 100 ga yaqin xalqaro tashkilotlar va hamkor tuzilmalar vakillari, 100 ga yaqin diplomatik korpus va konsullik muassasalari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda giyohvand vositalari tarqalishining oldini olish dasturi – CADAP-8 vakillari kirish so‘zi bilan ochib berdi.


Tadbir davomida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi xodimi Salome Flores 2025-yilda dunyoda kuzatilgan narkovaziyat bo‘yicha hisobotni taqdim etdi.


Shuningdek, marosim davomida O‘zbekistonda noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalari va boshqa taqiqlangan moddalarni yo‘q qilish jarayoni onlayn namoyish etildi.


Davlat xavfsizlik xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, joriy yilda jami 2 tonna 963,61 kilogramm giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli ta‘sir qiluvchi preparatlar va prekursorlar yo‘q qilingan. Shundan:


1 tonna 348,79 kg – marixuana;
649,64 kg – gashish;
101,43 kg – ko‘knor;
426,35 kg – opiy;
78,37 kg – geroin;
225,88 kg – sintetik narkotiklar (metamfetamin, MDMA, mefedron, alfa-PVP, LSD, spays va boshqalar);
83,98 gramm – kokain;
197,51 gramm – gashish moyi;
0,04 gramm – psixotrop moddalar;
71,08 kg – kuchli ta‘sir qiluvchi moddalar;
54 kg – prekursorlar, jumladan 152,5 gramm kaliy permanganat va 53,88 kg xlorid kislotasi yoqish orqali yo‘q qilingan.


Tadbir doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.


Uning ma‘lum qilishicha, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qator qarorlarga o‘zgartirishlar kiritilgan hamda litsenziyalash tizimi to‘liq raqamlashtirilgan.


«Bugungi kunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan narkotik moddalarni ekspress aniqlash, ularning sifat va miqdorini tekshirish imkonini beruvchi testlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, narkotik vositalar tarkibiga kiruvchi dori preparatlarini mahalliy ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda», – dedi Temirov.

 

Uning aytishicha, respublikaga olib kirilayotgan narkotik va psixotrop moddalarni nazorat qilish uchun yangi laboratoriya uskunalari xarid qilingan, mutaxassislarning malakasi oshirilgan. Hozirda preparatlarni mamlakatga olib kirishdan tortib, bemorga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab oluvchi yagona elektron tizim yaratilmoqda.
Shu bilan birga mutaxassis dorixonalardagi nazorat tizimi haqida ham ma‘lumot berdi.

 

«Narkotik, psixotrop va kuchli ta‘sir qiluvchi moddalarni realizatsiya qilish faqat tegishli litsenziyaga ega dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda ular maxsus rangli retseptlar asosida berilmoqda. Yil oxirigacha elektron retsept tizimi joriy etilib, ushbu preparatlar aylanishi to‘liq raqamlashtiriladi», – dedi u.

 

Shu bilan birga uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda dori vositalari bozori hajmi 2,5 milliard dollar atrofida bo‘lib, narkotik va psixotrop preparatlar ushbu bozorning juda kichik qismini tashkil etadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.