O'zbekiston

Sirdaryoda o‘qituvchi MIB orqali ishga tiklandi

Xodim ish beruvchi tomonidan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan deb topilib, sud qarori asosida avvalgi lavozimiga tiklanishi belgilangan.

Sirdaryoda o‘qituvchi MIB orqali ishga tiklandi

Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudning qarori ijrosi taʼminlandi.



Mazkur ijro hujjatiga ko‘ra, tumandagi umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi ish beruvchi tomonidan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan deb topilib, sud qarori asosida avvalgi lavozimiga tiklanishi belgilangan.



Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida sud qarori to‘liq taʼminlandi.



Natijada o‘qituvchi o‘zining avvalgi ish joyiga tiklanib, mehnat qilish huquqi qayta taʼminlandi.



Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi taʼminlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"