O'zbekiston

Toshkentda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan media forumi tashkil etildi

“Media haftalik” yakunlari sarhisob qilinib, faol ishtirokchilar taqdirlandi

Toshkentda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan media forumi tashkil etildi

 

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida yilning eng yirik media forumi tashkil etildi.

 

Forum mamlakatning turli hududlaridan jurnalistlar, blogerlar, vazirlik va idoralar matbuot kotiblari, media ekspertlari hamda kontent yaratuvchilarini bir maydonga jamladi.

 

                                     

 

Anjuman davomida zamonaviy media makonining bugungi talablari, milliy kontent sifatini oshirish, axborot bilan ishlashning yangi yondashuvlari hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar media sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashib, tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

                                     

 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov so‘zga chiqib, mamlakatda media sohasini rivojlantirish, professional jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash hamda raqobatbardosh milliy kontent yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

 

Shuningdek, tadbir doirasida joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar respublika bo‘ylab ilk bor o‘tkazilgan “Media haftalik” loyihasi yakunlari sarhisob qilinib, eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.

 

                                     

 

Ta’kidlanishicha, media forumi professional muloqot, tajriba almashish va yangi g‘oyalarni ilgari surish maydoniga aylanib, mamlakat media hamjamiyatini sifatli, ishonchli va zamonaviy kontent yaratish yo‘lida yana bir bor birlashtirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan media forumi tashkil etildi | Zamon.uz