O'zbekiston

Toshkentda ota farzandi uchun 50 ming dollar aliment to‘ladi

Eʼtiborlisi, ota farzandi uchun 176 mln so‘m aliment belgilangan, biroq u 50 ming AQSH dollari miqdorida aliment to‘lashga qaror qilgan.

Toshkentda ota farzandi uchun 50 ming dollar aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor U. X.dan undiruvchi M.X. foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandi taʼminoti uchun ular voyaga yetgunga qadar har oyda qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.



Mazkur ijro hujjati 23.05.2023 yil kuni MIBning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan hamda belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirilgan.



Keyinchalik qarzdor ota farzandlarining taʼminoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘larini oldindan hisoblab berishni so‘rab murojaat qilgan.



Shunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining elektron dasturi orqali aliment mablag‘lari 2026 yil 1 apreldan 2031 yil 1 iyulga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblanib, jami 176 458 966 so‘m miqdorida aliment to‘lovi belgilangan.



Biroq ota farzandlarining kelajagiga sarmoya sifatida u 50 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni aliment to‘lovi tarzida oldindan to‘lab bergan.

custom img

Diplomatiyaga qabul tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼlum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishida 550 ta o‘rin uchun 3 200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan.

custom img

Toshkentda internet-narkomagazinida “zakladchik” bo‘lib ishlagan talabalar ushlandi

Tezkor tadbirlarda 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 2,5 kg alfa-PVP protsessual tartibda musodara qilindi.

custom img

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

Ular amalda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

custom img

Tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchi signalni avtomobil oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgani sababli eshitmaganini ma’lum qilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

Muloqot chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

custom img

Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi

“Toshkent” ko‘chasi ikki xalq do‘stligini mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofotini topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"