Jahon

AQSHda Jahon chempionati o‘yinidan keyingi tantanalar vaqtida otishma yuz berdi

Muxlislar Kabo-Verdening JCHdagi tarixiy g‘alabasini nishonlayotgan bo‘lgan. Otishma oqibatida 4 kishi jarohatlangan.

AQSHda Jahon chempionati o‘yinidan keyingi tantanalar vaqtida otishma yuz berdi

AQSHning Massachusets shtati Brokton shahrida FIFA Jahon chempionati uchrashuvidan so‘ng yuz bergan otishmada kamida to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda NBC Boston xabar berdi.

 

Brokton politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 27-iyun kuni yarim tundan sal oldin Main Street hududida sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda yuzlab odamlar ko‘chada to‘plangan bo‘lib, huquq-tartibot idoralariga bir necha marta o‘q uzilgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga yetib borgan politsiya Main Street va Park Street chorrahasida o‘qotar quroldan yaralangan kamida to‘rt nafar kishini aniqlagan. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanuvchilarning ahvoli haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Hodisa yuzasidan hozircha hech kim qo‘lga olinmagan.

 

Politsiya olomon aynan qaysi uchrashuv natijasini nishonlayotganiga aniqlik kiritmagan. Biroq Brokton AQSHdagi eng yirik Kabo-Verde diasporasi yashaydigan shaharlardan biri hisoblanadi. Juma oqshomida mahalliy aholi Kabo-Verde terma jamoasining Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etganini nishonlagan.

 

Kabo-Verde Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynab, Jahon chempionati tarixida pley-off bosqichiga chiqqan eng kichik davlatga aylandi. Afrika g‘arbiy sohillari yaqinidagi orol davlati mazkur turnirda ilk bor ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi futbol bahsi Huyuston stadionida bo‘lib o‘tgan.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"