O'zbekiston

Tramp o‘z surati tushirilgan AQSHning yangi esdalik pasporti namunasini namoyish etdi

Cheklangan miqdorda chiqariladigan hujjat Vashingtondagi pasport agentligiga shaxsan murojaat qilib pasportini yangilagan fuqarolarga beriladi.

Tramp o‘z surati tushirilgan AQSHning yangi esdalik pasporti namunasini namoyish etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus esdalik pasporti namunasini taqdim etdi. Cheklangan miqdorda chiqariladigan hujjatda prezidentning surati aks ettirilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Tramp pasport maketini 26-iyun kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi. 

 

U postida: “AQSHning yangi pasporti. Unda ‘Xush kelibsiz, ammo o‘zingizni yaxshi tuting!’ deb yozilgan”, deya izoh qoldirdi.

 

Prezident taqdim etgan namunada uning Oval kabinetdagi Rezolyut stoli ortida turgan surati tasvirlangan. Surat fonida Mustaqillik deklaratsiyasining asl matni, pastki qismida esa Trampning imzosi joy olgan. Qarama-qarshi sahifada esa rassom Jon Trambullning “Mustaqillik deklaratsiyasi” asari tasvirlangan.

 

CNN qayd etishicha, pasportdagi Tramp surati Vashingtondagi Smitson milliy portret galereyasidagi rasmiy portret asosida tayyorlanganga o‘xshaydi. Mazkur dizayn Davlat departamenti 2026-yil boshida namoyish etgan namunadan farq qiladi.

 

26-iyun kuni kechroq Oq uy ham X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu maketni e’lon qilib, uni “Amerikaning 250 yilligiga bag‘ishlangan yangi AQSH pasporti” deb ta’rifladi. 

 

Jurnalistlar esdalik pasportining yakuniy rasmiy varianti shu ekani haqida so‘raganida, Oq uy izoh berishni Davlat departamentiga yo‘naltirdi. CNN ham bu masala yuzasidan departamentga so‘rov yuborgan.

 

Mazkur cheklangan miqdordagi pasport ilk bor aprel oyida AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan loyiha doirasida e’lon qilingan edi. 

 

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, hujjat tayyor bo‘lgach, Vashingtondagi pasport agentligiga shaxsan murojaat qilib pasportini yangilagan fuqarolarga standart variant sifatida beriladi. Onlayn murojaat qilganlar yoki boshqa hududlarda pasport rasmiylashtirganlar esa amaldagi eski dizayndagi pasportni olishda davom etadi.

 

Hozirgi AQSH pasportining ichki muqovasida rassom Persi Moran ishlagan tasvir joylashtirilgan. Unda Frensis Skott Keyning Fort-Makenri bombardimonidan keyingi tongni tasvirlagan rasmi aks etgan bo‘lib, aynan shu voqea AQSH madhiyasining yaratilishiga ilhom bergan. Pasport ichida madhiyadan olingan satrlar ham keltirilgan.

 

Bundan avval AQSH Moliya vazirligi Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota chiqarish g‘oyasini ham ilgari surgani haqida xabarlar tarqalgan. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyatidagi ayrim rasmiylar yangi nominaldagi banknota ishlab chiqilishini tezlashtirish uchun AQSH G‘aznachiligi tarkibidagi Bosma va o‘yma byurosiga bosim o‘tkazgan. 

 

Tashabbus mualliflari sifatida g‘aznachi Brendon Bich va uning maslahatchisi Mayk Braun tilga olingan. Ular taqdim etgan namunalardan birida 250 dollarlik banknot markaziga Donald Tramp surati tushirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.