O'zbekiston

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi

Viza muddati tugagani sabab jarimaga tortilgan oila diplomatik muzokaralar natijasida BAAni jarimasiz tark etdi.

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklarida og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro P.G. va uning farzandi A.Z. 2025-yilda mavsumiy ish maqsadida Dubayga borgan. Moliyaviy qiyinchiliklar sababli ular 2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Biroq aviareyslarning kechikishi hamda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli mamlakatni o‘z vaqtida tark eta olmagan.

Natijada ularning BAAda vizasiz qolish muddati tugab, jarimaga tortilgan.

 

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarga mamlakatni jarima to‘lamasdan tark etish uchun ruxsat olingan.

 

Shuningdek, diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan BAAdagi “Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish” jamg‘armasi homiyligida oila a’zolari uchun 26-iyun kuni Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilinib, ularning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"