O'zbekiston

Estakadadagi ochiq qism nuqson emas — Toshkent metropoliteni

Metropoliten Qo‘yliq–Rohat oralig‘idagi estakada bo‘yicha tarqalgan videolarga izoh berdi.

Estakadadagi ochiq qism nuqson emas — Toshkent metropoliteni

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishidagi Qo‘yliq va Rohat bekatlari oralig‘ida joylashgan estakada konstruksiyasi xavfli holatda ekani haqida tarqalgan videolar yuzasidan “Toshkent metropoliteni” rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, videoda aks etgan ochiq qism estakada konstruksiyasidagi nuqson yoki yemirilish emas. Ushbu qism loyiha asosida signal va aloqa kabellarini o‘tkazish uchun maxsus ko‘zda tutilgan texnologik o‘tish joyi hisoblanadi.

 

Qayd etilishicha, mazkur konstruktiv yechim metro poyezdlari harakati yoki estakadaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, yo‘lovchilar xavfsizligiga hech qanday tahdid mavjud emas.

 

“Toshkent metropoliteni” ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tasdiqlanmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi. Ta’kidlanishicha, yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish fuqarolar orasida asossiz xavotir uyg‘otishi mumkin hamda bunday holatlar uchun amaldagi qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"