O'zbekiston

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi ayrim nazorat punktlari 24 soat ishlaydi

Chegaradan oʻtish tartibi soddalashtirilib, oʻtkazuvchanlik quvvati oshiriladi.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi ayrim nazorat punktlari 24 soat ishlaydi

Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegarani kesib oʻtish tartibi yanada soddalashtiriladi. Bu boradagi tegishli kelishuvga kiritilgan oʻzgartirishlar Qozogʻiston Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilindi deb xabar berdi 24.kg.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, ikki davlat oʻrtasidagi ayrim avtomobil chegara oʻtkazish punktlari ikki tomonlama maqomdan koʻp tomonlama maqomga oʻtkaziladi. Shuningdek, mazkur nazorat punktlari endilikda faqat kunduzgi vaqtda emas, balki sutkaning 24 soati davomida faoliyat yuritadi.

 

Qozogʻiston transport vaziri Nurlan Sauranbayevning taʼkidlashicha, ushbu yangilik chegara oʻtkazish punktlarining oʻtkazuvchanlik quvvatini oshirish, yoʻlovchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm va tranzit yuk tashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, Transport vazirligi mazkur oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratilishi talab etilmasligini maʼlum qilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi ayrim nazorat punktlari 24 soat ishlaydi | Zamon.uz