O'zbekiston

Surxondaryoda ziplaynda uchayotgan fuqaro attraksion oʻrtasida osilib qoldi

Texnik me’yorlarga rioya qilinmagani sabab fuqaro yo‘lning o‘rta qismida to‘xtab qolgan.

Surxondaryoda ziplaynda uchayotgan fuqaro attraksion oʻrtasida osilib qoldi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan ziplayn attraksionida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rta qismida to‘xtab qoldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, voqea 27-iyun kuni soat 09:30 atrofida Boysun tumanidagi "Omonxona" mahallasida joylashgan Xonjiza City MCHJga qarashli ziplaynda sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, attraksion texnik jihatdan to‘liq ishga tushirilmagan, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda undan foydalanish uchun zarur ruxsatnoma olinmagan. Shunga qaramay, fuqaro undan sinov tariqasida foydalanishga uringan.

 

Aniqlanishicha, ziplaynning po‘lat arqonlari texnik me’yorlarga muvofiq yetarli darajada tarang tortilmagani va qiyalik burchagi talab darajasida bo‘lmagani sababli fuqaro yo‘lning o‘rta qismida to‘xtab qolgan. Tashkilot xodimlari uni qisqa vaqt ichida xavfsiz tarzda yerga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Qo‘mita eslatishicha, attraksionlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan va tegishli ruxsatnomasiz foydalanishga topshirish amaldagi qonunchilikka muvofiq BHMning 200 baravarigacha, ya’ni 82,4 million so‘mgacha jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda ziplaynda uchayotgan fuqaro attraksion oʻrtasida osilib qoldi | Zamon.uz