O'zbekiston

Toshkentda IV Xalqaro “Umra Plus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi boshlandi

Ko‘rgazmada 7 davlatdan 200 nafardan ortiq turizm sohasi vakillari qatnashmoqda.

Toshkentda IV Xalqaro “Umra Plus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi boshlandi

27-iyun kuni Toshkent shahrida Turizm qo‘mitasi hamda Umra turizmi tashkilotlari assotsiatsiyasi hamkorligida IV Xalqaro “Umra Plus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

 

Ko‘rgazmada Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Malayziya, Indoneziya va Saudiya Arabistonidan 200 nafardan ortiq turoperator, mehmonxona biznesi hamda transport kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

 

Ikki kun davom etadigan tadbir doirasida B2B uchrashuvlari, biznes muzokaralari va O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazilib, ziyorat turizmini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Bobokalonov ishtirok etdi. U o‘z nutqida ziyorat turizmini rivojlantirish mamlakat turizm siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, mazkur loyiha O‘zbekistonning turizm salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish, xorijiy ziyoratchilar oqimini oshirish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishini qayd etgan.

 

Qayd etilishicha, ko‘rgazma avval Turkiya, Malayziya va Indoneziyada o‘tkazilgan taqdimotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohatni umra safarlari bilan uyg‘unlashtiruvchi “Umra+” dasturini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan.

 

Tadbir doirasida yangi “Umra+” yo‘nalishlarini shakllantirish, mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan B2B muzokaralari o‘tkazilmoqda.

 

Yakunda 100 ga yaqin hamkorlik bitimini imzolash rejalashtirilgan.

Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif tashkil etildi. Mazkur markazni xorijiy sayyohlarga tavsiya etiladigan asosiy ziyorat marshrutlari tarkibiga kiritish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

 

Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 5,3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Jumladan, Ozarbayjondan kelgan sayyohlar soni qariyb 82 foizga, Malayziyadan ikki baravardan ortiq, Indoneziyadan 63 foizdan ko‘proq, Turkiyadan esa 19 foizga oshgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.