O'zbekiston

1-iyuldan O’zbekistonda kasallik nafaqalarini to’lashning yangi tartibi joriy etiladi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari dastlabki besh kun davomida ish beruvchi, oltinchi kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.

1-iyuldan O’zbekistonda kasallik nafaqalarini to’lashning yangi tartibi joriy etiladi



2026-yil 1-iyuldan O’zbekistonda kasallik nafaqalarini to’lashning yangi tartibi joriy etiladi. Endilikda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari dastlabki besh kun davomida ish beruvchi, oltinchi kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.



Ta’kidlanishicha, yangi tizim Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PF–206-son Farmoni asosida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan davlat ijtimoiy sug’urtasi tizimining navbatdagi bosqichi hisoblanadi.



Brifingda qayd etilishicha, joriy yil boshidan homiladorlik va tug’ish nafaqalarini proaktiv tayinlash tizimi yo’lga qo’yilgan. Shu maqsadda Ijtimoiy sug’urta axborot moduli ishga tushirilib, 10 ta vazirlik va idoraning axborot tizimlari o’zaro integratsiya qilingan.



Natijada yilning dastlabki besh oyida 81 mingdan ortiq mehnatga layoqatsizlik varaqasi avtomatik ko’rib chiqilgan. 58 ming holatda qariyb 660 milliard so’m miqdorida homiladorlik va tug’ish nafaqalari tayinlanib, to’lab berilgan.



Shuningdek, xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga to’langan homiladorlik va tug’ish nafaqasi hajmi o’tgan yilga nisbatan sezilarli oshgani ta’kidlandi. Bir nafar ayolga to’lanadigan o’rtacha nafaqa miqdori 2,6 million so’mdan 14,8 million so’mgacha ko’paygan.



Yangi tizimga ko’ra:

kasallikning dastlabki 5 kuni uchun nafaqani ish beruvchi to’laydi;


6-kundan boshlab to’lovlar Davlat ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi;


6 oydan 8 yilgacha sug’urta stajiga ega fuqarolarga o’rtacha ish haqining 60 foizi;


8 yildan ortiq stajga ega fuqarolarga esa 80 foizi miqdorida nafaqa to’lanadi.



Bundan tashqari, I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar, 18 yoshgacha to’rt va undan ortiq farzandi bor oilalar hamda nogironligi bo’lgan farzandni tarbiyalayotgan oilalar uchun nafaqa miqdori yana 20 foizga oshiriladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"