O'zbekiston

AQSh O‘zbekiston xalqaro aeroportlariga zamonaviy portlovchi moddalarni aniqlash uskunalarini taqdim etdi

Yangi uskunalar O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida bagaj, yuk va qo‘l yuklarini tekshirishda qo‘llanilib, aviatsiya xavfsizligini yanada kuchaytiradi.

AQSh O‘zbekiston xalqaro aeroportlariga zamonaviy portlovchi moddalarni aniqlash uskunalarini taqdim etdi



O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida AQSh hukumati tomonidan zamonaviy portlovchi moddalarni aniqlash uskunalari beg‘araz asosda taqdim etildi. Bu haqda “O‘zbekiston aeroportlari” AJ ma’lum qildi.



Qayd etilishicha, AQShning Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida O‘zbekistonga 12 ta LEIDOS rusumidagi portlovchi moddalar izlarini aniqlash qurilmasi topshirilgan. Mazkur uskunalar O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi hamda AQSh Transport xavfsizligi boshqarmasi (TSA) bilan olib borilgan hamkorlik va maslahatlashuvlar natijasida taqdim etilgan.



Yangi uskunalar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida yuklar, pochta jo‘natmalari, ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj hamda yo‘lovchilarning qo‘l yuklarini tekshirish jarayonida portlovchi moddalar izlarini aniqlash uchun foydalaniladi.



“O‘zbekiston aeroportlari” AJ ma’lumotiga ko‘ra, LEIDOS analizatorlarining joriy etilishi skrining jarayonlarini takomillashtirish, aviatsiya xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda mamlakat aeroportlarining xalqaro aviatsiya xavfsizligi standartlari va tavsiya etilgan amaliyotlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.



“O‘zbekiston aeroportlari” AJ raisining aviatsiya xavfsizligi va qo‘riqlash rejimi bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Yusupov AQSh bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aviatsiya xavfsizligi sohasidagi mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.



Mazkur uskunalar AQSh hukumatining EXBS dasturi doirasida bepul taqdim etilgan bo‘lib, ushbu dastur hamkor davlatlarda eksport nazoratini takomillashtirish, chegara xavfsizligini mustahkamlash hamda strategik savdo boshqaruvini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.



Shuningdek, “O‘zbekiston aeroportlari” AJ kelgusida ham AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, aviatsiya xavfsizligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni davom ettirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.