Jahon

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Murabbiy jamoa mundial pley-offiga chiqa olmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, muxlislardan uzr so‘radi.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

 

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xong Myon Bo 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida jamoa muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani ortidan lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Yonhap ma'lum qildi.

 

Murabbiy ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida muxlislardan uzr so‘rab, natijalar uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ta’kidlagan.

“Bugun Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketayotganimni e’lon qilaman. Milliy jamoani qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislardan uzr so‘rayman. Biz kutilgan natijaga erisha olmadik va buning uchun barcha javobgarlik menga tegishli”, — degan Xong Myon Bo.

 

57 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan edi. Biroq terma jamoaning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki ortidan u muddatidan avval iste’foga chiqishga qaror qilgan.

 

Janubiy Koreya terma jamoasi guruh bosqichini 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l ola olmadi. Jamoa guruh bahslarida Chexiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Meksika va Janubiy Afrikaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya tarixda 12 marta FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan ilk Osiyo terma jamoasi hisoblanadi. 2026-yilgi mundial esa AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"