O'zbekiston

O‘zbekistonda talabalar turar joylari sotuvga qo‘yildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekistonda talabalar turar joylari sotuvga qo‘yildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan talabalar turar joylari sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ommaviy savdolarga talabalar yashaydigan xonalar emas, balki talabalar turar joylari tarkibidagi bo‘sh turgan yerto‘la, hovli qismi, oshxona, bufet hamda yotoq joyi sifatida foydalanilmaydigan boshqa yordamchi maydonlarni ijaraga berish uchun e’lonlar joylashtirilgan.

 

Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetidagi talabalar turar joyining hovli qismidagi 69,8 kvadrat metr bo‘sh maydon, Farg‘ona davlat universitetidagi yerto‘ladagi 40 kvadrat metrlik xona, Guliston davlat universitetidagi 37 va 52 kvadrat metrlik bo‘sh xonalar, Urganch davlat universitetidagi 36 kvadrat metrlik oshxona, Farg‘ona davlat texnika universitetidagi oshxona binosi hamda Termiz davlat universiteti hududidagi texnologik maydon ommaviy savdolar orqali ijaraga berish uchun chiqarilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur obyektlar talabalar yashash joylari hisoblanmaydi va ularni ijaraga berish talabalar turar joylaridagi o‘rinlar sonining qisqarishiga olib kelmaydi.

 

Vazirlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son farmoniga muvofiq, 2025-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 8 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish vazifasi belgilanganini eslatdi. Yil yakunida esa jami 11 ming 84 o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilib, belgilangan reja 138,6 foizga bajarilgani qayd etildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022–2025-yillar davomida respublika bo‘yicha jami 74,1 ming o‘rinli talabalar turar joylari yaratilgan. Natijada davlat oliy ta’lim muassasalaridagi yotoqxonalarning umumiy sig‘imi 159,1 ming o‘ringa yetkazilib, talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanish darajasi 58 foizni tashkil etgan.

 

Vazirlik 2026-yilda respublika bo‘yicha yana 12 ming 110 o‘rinli yangi talabalar turar joylarini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilganini ham ma’lum qildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"