O'zbekiston

Xorazmda fermer mashinasi xatlangach, soliq qarzini to‘ladi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligida 180 mln so‘m soliq qarzi bo‘lgan.

Xorazmda fermer mashinasi xatlangach, soliq qarzini to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Urganch tumani bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatlariga asosan qarzdor “X.Ch.” fermer xo‘jaligidan jami 180,0 mln so‘m soliq va boshqa turdagi qarzlarini undirish bilan bog‘liq 9 ta ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Zil” va “Class Oreon” rusumli avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Boshqarmaning qidiruv shoʻbasi tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur avtotransport vositalari topilib, “Zil” rusumli avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

 

Shuningdek, “Class Oreon” rusumli avtotransport vositasi topilib xatlangandan so‘ng, qarzdor fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 120,0 mln so‘m soliq qarzdorligi to‘lab berilgan.

 

Hozirda qolgan ijro hujjatlari bo‘yicha qoldiq qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorga tegishli avtotransport vositalarini realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Diplomatiyaga qabul tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼlum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishida 550 ta o‘rin uchun 3 200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan.

custom img

Toshkentda internet-narkomagazinida “zakladchik” bo‘lib ishlagan talabalar ushlandi

Tezkor tadbirlarda 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 2,5 kg alfa-PVP protsessual tartibda musodara qilindi.

custom img

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

Ular amalda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

custom img

Tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchi signalni avtomobil oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgani sababli eshitmaganini ma’lum qilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

Muloqot chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

custom img

Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi

“Toshkent” ko‘chasi ikki xalq do‘stligini mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofotini topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"