O'zbekiston

Farg‘onada Ekologiya bo‘limi xodimi 9500 dollar pora bilan ushlandi

Mansabdor daraxtlar kesilishiga chora ko‘rmaslik evaziga pul talab qilgan.

Farg‘onada Ekologiya bo‘limi xodimi 9500 dollar pora bilan ushlandi

 

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ekologiya sohasida korrupsiyaga oid holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Dastlabki tergovga qadar tekshiruv materiallariga ko‘ra, tuman ekologiya bo‘limi xodimi “Arab” mahallasi hududidagi 4 gektar yer maydonida joylashgan yovvoyi daraxtlarning kesilishi hamda hududning qumdan tozalanishiga nisbatan bir yil davomida chora ko‘rmaslik evaziga fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Viloyat IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda porani olishda vositachilik qilgan shaxs va mansabdor ekologiya xodimi 9 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, vositachi boshqaruvidagi avtomashina ko‘zdan kechirilganda, giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar aniqlanib, ular belgilangan tartibda daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 211-moddasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.