O'zbekiston

“Milliy terma jamoani tanqid emas, qo‘llab-quvvatlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari futbolni rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va bolalar futboliga alohida e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

“Milliy terma jamoani tanqid emas, qo‘llab-quvvatlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokiga alohida to‘xtalib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari qayd etganidek, milliy terma jamoaning AQSh va Meksika maydonlaridagi o‘yinlarini butun xalq katta hayajon bilan kuzatdi. Davlat rahbarining so'zlariga ko‘ra, FIFA reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turgan Portugaliya, Kolumbiya hamda tarkibida Yevropaning yetakchi klublarida to‘p surayotgan futbolchilar jamlangan Kongo terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar futbolchilar uchun muhim tajriba maktabi bo‘ldi.

 

Prezident Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodovning Jahon chempionatidagi ilk gollari xalqimizga katta quvonch bag‘ishlaganini alohida e’tirof etdi.

 

Davlat rahbari milliy terma jamoaning mundialdagi ishtiroki yuzasidan turli fikrlar bildirilayotganiga to‘xtalar ekan, Vatan sharafini himoya qilgan futbolchilarga ortiqcha e’tiroz bildirish va ulardan ayb izlash xalqimizga xos emasligini ta’kidladi.

 

Aksincha, bugun ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhim”, — dedi Prezident.

 

Shuningdek, katta g‘alabalar hali oldinda ekani, buning uchun futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni ko‘paytirish va bolalar futboliga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, bolalar futboli umummilliy harakatga aylantiriladi.

 

Prezident kelasi yil yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlari hozirdanoq boshlanishini ma’lum qildi.

 

So‘ngida davlat rahbari: “Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz!” deya ta’kidladi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"