O'zbekiston

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga bir yillik soliq imtiyozi beriladi

Yosh tadbirkorlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilib, yangi dasturlar uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga bir yillik soliq imtiyozi beriladi

 

Yoshlar bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlar uchun yosh mutaxassisga nisbatan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkasi bir yil davomida 1 foiz etib belgilanadi. Ushbu imtiyoz 200 mingga yaqin oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisini ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlar uchun muhim rag‘bat bo‘lishi qayd etildi.

 

Shuningdek, ijtimoiy reyestrga kirmagan, biroq ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan, mehnat migratsiyasidan qaytgan hamda jismoniy imkoniyati cheklangan qariyb 1 million nafar yosh bilan ishlash maqsadida "Kafolatlangan birinchi qadam" paketi joriy etilishi ma’lum qilindi.

 

Mazkur tashabbus doirasida "ustoz–talaba" dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, uyushmagan yoshlarni oliy ta’limga tayyorlagan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball beriladi hamda davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik ta’minlanadi.

 

Prezident bugungi kunda savdo, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida o‘z brendini yaratgan minglab yosh tadbirkorlar faoliyat yuritayotganini qayd etib, ularni tajribasini boshqa yoshlar bilan bo‘lishishga chaqirdi.

 

Shu maqsadda "Yoshlar mini-franshizasi" dasturi ishga tushiriladi. Dastur doirasida faoliyatini kengaytirayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda yer maydonlari va kreditlar ajratiladi.

 

Bundan tashqari, mahalliy brendlar franshizasini xarid qiladigan yoshlar uchun Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi hisobidan 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi belgilandi.

 

Qayd etilishicha, ushbu dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga bir yillik soliq imtiyozi beriladi | Zamon.uz