O'zbekiston

O'zbekistonda kasblarga o‘qitadigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi

Yoshlar uchun “kasb vaucheri” joriy etilib, har yili 50 ming nafar yigit-qizning kasb o‘rganish xarajatlari qoplanadi.

O'zbekistonda kasblarga o‘qitadigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatda zamonaviy bilim, kasb va texnologiyalarni egallagan yoshlar safini kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

 

Davlat rahbari bugungi muvaffaqiyat va ertangi taraqqiyotning poydevori uchta asosiy ustunga – bilim, kasb va texnologiyaga tayanishini ta’kidladi.

 

Shu maqsadda har yili 500 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitishga xizmat qiladigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi.

 

Hududlarda o‘quv markazlari tashkil etish istagidagi yoshlarga davlat tomonidan keng ko‘lamli imtiyozlar yaratiladi. Xususan, o‘quv markazlari qurish uchun yer maydonlari va davlat obyektlari imtiyozli narxlarda auksion orqali taqdim etiladi. To‘lovlarni besh yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi, zarur infratuzilma esa davlat hisobidan barpo etiladi.

 

Bundan tashqari, o‘quv markazlarini qurish va zamonaviy jihozlash uchun ajratiladigan kreditlarning foiz stavkasining 7 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Agar o‘quv markazlari xorijning ilg‘or ta’lim dasturlari va malakali mutaxassislarini jalb qilsa, ushbu xarajatlarning yarmi ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Prezident tashabbusiga ko‘ra, zamonaviy kasblarni xalqaro talablar asosida egallash istagidagi yoshlarga “kasb vaucheri” joriy etiladi. Foizsiz ssuda shaklida beriladigan ushbu vaucher orqali har yili 50 ming nafar yoshning kasb o‘rganish xarajatlari qoplanadi.

 

Shuningdek, ehtiyojmand oilalardagi 85 ming nafar ishsiz yosh xususiy o‘quv markazlarida kasb egallashi uchun bepul vaucher bilan ta’minlanadi. Joriy yilning o‘zida ushbu dasturlarni moliyalashtirish uchun 120 milliard so‘m ajratilishi, talab ortib borishi bilan mablag‘ hajmi ham oshirilishi ma’lum qilindi.

 

Davlat rahbari xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarning xarajatlarini qoplash amaliyoti o‘zini oqlaganini qayd etib, endilikda ushbu tizimni xalqaro kasb sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga ham tatbiq etish taklifini ilgari surdi.

 

Yoshlarni kasbga tayyorlashda muhim o‘rin tutadigan texnikumlar faoliyatida ham xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi. Buning uchun xususiy texnikumlar ochishdagi litsenziya talablari soddalashtirilib, 20 dan ortiq ortiqcha talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab xususiy texnikumlarga ham kasb-hunar ta’limi bo‘yicha davlat grantlari ajratiladi.

 

Shuningdek, xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘m, ularni tayyorlagan ustozlar esa 50 million so‘m miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"