Jahon

Pokistonda o‘quv markazi tomi qulashi oqibatida 14 nafar bola halok bo‘ldi

Pokiston Prezidenti halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi.

Pokistonda o‘quv markazi tomi qulashi oqibatida 14 nafar bola halok bo‘ldi

Pokistonning sharqidagi Lahor shahrida qurilishi davom etayotgan xususiy o‘quv markazi binosi tomi qulashi oqibatida kamida 14 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Yana sakkiz nafar bola turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarda yana bir necha bola vayronalar ostida bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

 

Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan o‘quv markazi egasi va yana bir kishini qo‘lga olgan. Tergovning dastlabki xulosalariga ko‘ra, o‘quv markazi eski binoda faoliyat yuritgan, qurilishi yakunlanmagan ikkinchi qavat tomi esa sifatsiz qurilish ishlari sabab qulagan bo‘lishi mumkin.

 

Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi. U, shuningdek, bunday fojialarning oldini olish uchun qurilish xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidladi.

 

Pokistonda qurilish me’yorlariga rioya etilmasligi, sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanish va xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab binolar qulashi bilan bog‘liq hodisalar vaqti-vaqti bilan sodir bo‘lib turadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"