O'zbekiston

Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazi ochiladi

Markaziy Osiyo va Xitoy ekologiya yo‘nalishidagi ilmiy hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazi ochiladi

 

O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlarining muloqot mexanizmi birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tadbirning ochilishida Xitoy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti HE Hongping va Shinjon ekologiya va geografiya instituti bosh direktori Chjan Yuanmin so‘zga chiqdi.

 

Tadbirda mintaqa davlatlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tadqiqot natijalari va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, yerlar degradatsiyasi, cho‘llanish hamda tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Yig‘ilish ishtirokchilari mazkur muloqot mexanizmi 2025-yil iyun oyida Ostona shahrida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi ekanini ta’kidladilar.

 

Xitoy tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ekologik siyosat va "yashil" rivojlanish yo‘nalishidagi islohotlarni yuqori baholab, mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish hamda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish borasida izchil ishlar olib borilayotganini qayd etdi.

 

Shuningdek, Shinjon ekologiya va geografiya instituti ko‘magida Toshkent shahridagi "Green University" bazasida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazini tashkil etish muhim qadam sifatida e’tirof etildi. Qayd etilishicha, ushbu markaz ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ekologik va iqlimiy muammolar bo‘yicha zamonaviy ilmiy platformani shakllantirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazi ochiladi | Zamon.uz