O'zbekiston

“Yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, deb bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 barobarga kamaygan.

“Yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, deb bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvda mamlakatimiz yoshlarini bayram bilan samimiy tabriklab, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatning har bir mahallasida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydigan yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga safarbar etilgan.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, amalga oshirilgan islohotlar natijasida yoshlar bilan ishlash tizimi tubdan yangilandi. Xususan, “Yoshlar daftari” orqali bilim olish, kasb-hunar egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qiyinchilikka duch kelgan 1,5 million nafar yoshning muammolari hal etildi.

 

Shuningdek, yosh tadbirkorlar soni besh barobarga oshib, 287 ming nafardan ortdi. O‘quv markazlari faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar natijasida xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yoshlar soni 3,5 million nafarga yetdi.

 

Prezident yoshlarning xalqaro maydondagi yutuqlariga ham alohida to‘xtalib, o‘quvchi va talabalar nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilar esa xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritganini qayd etdi.

 

Bundan tashqari, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi joriy etilgani natijasida so‘nggi ikki yil ichida yoshlar jinoyatchiligi 2,5 barobarga kamaygani ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, davlat rahbari bu natijalar yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar to‘liq hal etilganini anglatmasligini qayd etdi. U yoshlar masalalari uchun mas’ul vazirlik va idoralar, hokimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, texnikum va maktab rahbarlari yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini doimiy o‘rganib, ular bilan tizimli ishlashi zarurligini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.