O'zbekiston

Farg‘onada voyaga yetmagan bola kuchuk bolasini kanalga tashladi

Holat yuzasidan uning onasi jarimaga tortildi.

Farg‘onada voyaga yetmagan bola kuchuk bolasini kanalga tashladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchuk bolasiga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan videotasvir yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshloq tumani Ekopolitsiya hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan.

 

O‘rganishlar davomida kuchuk bolasini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan shaxs Toshloq tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqaro I.S. ekani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u voyaga yetmagan shaxs hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan amaldagi qonunchilikka muvofiq, voyaga yetmaganning onasi H.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi asosida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

 

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Toshloq tumani IIB tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.