O'zbekiston

Koreyaning ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda: MBFTI vakillari xalqaro treningda

Koreyada “Biologik preparatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha kirish kursi” xalqaro treningi bo‘lib o‘tdi.

Koreyaning ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda: MBFTI vakillari xalqaro treningda

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘magida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari Koreya Respublikasida tashkil etilgan “Biologik preparatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha kirish kursi” xalqaro trening dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, uni yakunladilar.

 

Mazkur trening biofarmatsevtika yo‘nalishida ilg‘or bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganish hamda xalqaro tajriba almashuvini kengaytirishga xizmat qildi.

 

Trening davomida ishtirokchilar biologik dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari, preklinik tadqiqotlarni tashkil etish, sifat nazorati tizimlari, innovatsion biofarmatsevtik yondashuvlar hamda Koreyaning ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Shuningdek, dastur doirasida Koreyaning yetakchi biofarmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot markazlariga tashriflar amalga oshirilib, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati, ishlab chiqarish infratuzilmasi, texnologik jarayonlar hamda biotexnologik startaplarni rivojlantirish mexanizmlari atroflicha o‘rganildi.

 

Ushbu xalqaro trening Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy salohiyatini yanada oshirish, biofarmatsevtika yo‘nalishida zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.