O'zbekiston

Malayziyada hibsga olingan 3 o‘zbekistonlikning o‘lim jazosi bekor qilingan — TIV

Tashqi ishlar vazirligi Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch nafar o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.

Malayziyada hibsga olingan 3 o‘zbekistonlikning o‘lim jazosi bekor qilingan — TIV

 

So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Malayziyaga sayohatga borgan uch nafar o‘zbekistonlikning o‘lim jazosiga hukm qilingani haqidagi videointervyu keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Zamon.uz'ga rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

 

Qayd etilishicha, 2010-yil sentabr oyida O‘zbekiston fuqarolari N.S., N.D. va J.J. Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida 12 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarini olib o‘tishga uringan vaqtida Malayziya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Keyinchalik Malayziya sudi ularning har biriga nisbatan o‘lim jazosi tayinlagan.

 

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan 2013, 2014, 2016 va 2020-yillarda Malayziya Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi hamda mamlakat Qiroliga ularni afv etish yuzasidan bir necha bor rasmiy murojaatlar yuborilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, 2018-yilda Malayziyada o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy joriy etilgan. Shundan so‘ng, 2024-yil 18-martdan kuchga kirgan "O‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolarini olgan shaxslarning ishlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida"gi qonun asosida Malayziya Oliy sudi mazkur uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosini 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirgan.

 

Malayziya qonunchiligiga muvofiq, jazoni ijro etish tartibi va yaxshi xulq-atvor uchun beriladigan imtiyozlar hisobga olingan holda, ushbu fuqarolarning jazo muddati 2030-yilda yakunlanishi kutilmoqda.

 

Hozirda ular Malayziyaning Selangor shtatidagi Kajang qamoqxonasida jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan ular bilan muntazam konsullik uchrashuvlari o‘tkazilib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatib kelinayotgani bildirildi.

 

Tashqi ishlar vazirligi xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni bundan buyon ham davom ettirishini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.