O'zbekiston

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Versal Qirollik operasida muvaffaqiyatli chiqish qildi

Saida Mirziyoyeva orkestrining chiqishi madaniy diplomatiyaning kuchini yana bir bor namoyon etganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Versal Qirollik operasida muvaffaqiyatli chiqish qildi

 

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Yevropaning eng nufuzli madaniyat maskanlaridan biri — Fransiyadagi Versal saroyining Qirollik operasida buyuk nemis bastakori Jorj Friderik Handelning “Tamerlano” operasini muvaffaqiyatli ijro etdi.

 

                                   

 

Mazkur sahna asari avval Dubay, Vena va Sankt-Peterburg shaharlarida namoyish etilgan bo‘lsa, endilikda Parij tomoshabinlari ham o‘zbekistonlik musiqachilarning yuksak mahoratiga guvoh bo‘ldi.

 

                                   

 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta'kidlashicha, iqtidorli musiqachilar ijrosi madaniy diplomatiyaning turli xalqlarni yaqinlashtirish, o‘zaro anglashuv va do‘stlikni mustahkamlashdagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.

 

                                     

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"