O'zbekiston

O‘zbekistonda ov qilish taqiqlangan kamyob hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

1-avgustdan ayrim kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ovlashga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklov 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

O‘zbekistonda ov qilish taqiqlangan kamyob hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan ayrim yovvoyi hayvonlarni ovlashga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Bu hukumatning 30-iyun kuni qabul qilingan tegishli qarorida belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, taqiq 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi hamda hukumat qarori ilovasida keltirilgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Bunda cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan yoki yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarga, shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda ovlash holatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

Shuningdek, qaror bilan ov qilish taqiqlangan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlar uchun ov kvotalarini ajratish ham taqiqlandi.

 

Hujjatda suv bioresurslarini tiklash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ham nazarda tutilgan. Xususan, 2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 1-yanvarga qadar respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarga har yili kamida 15 tonna baliq chavog‘i qo‘yib yuboriladi.

 

Mazkur ishlar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga noqonuniy ov va brakonerlikka qarshi nazoratni kuchaytirish, manfaatdor vazirlik va idoralarga esa qaror ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

 

custom img

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida qatnashadi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya 3-iyul kuni Eronga borib, marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlandi. Arizalar 30-iyulga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

custom img

Koreyaning ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda: MBFTI vakillari xalqaro treningda

Koreyada “Biologik preparatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha kirish kursi” xalqaro treningi bo‘lib o‘tdi.

custom img

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Versal Qirollik operasida muvaffaqiyatli chiqish qildi

Saida Mirziyoyeva orkestrining chiqishi madaniy diplomatiyaning kuchini yana bir bor namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Farg‘onada voyaga yetmagan bola kuchuk bolasini kanalga tashladi

Holat yuzasidan uning onasi jarimaga tortildi.

custom img

Samarqandda 42 yoshli erkak daryoga cho‘kib ketdi

Hozirda qutqaruvchilar tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Malayziyada hibsga olingan 3 o‘zbekistonlikning o‘lim jazosi bekor qilingan — TIV

Tashqi ishlar vazirligi Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch nafar o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.

custom img

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning og‘ziga mato tiqib, zo'ravonlik qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabat holatini nazoratga olib, ishchi guruh tuzilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"