O'zbekiston

Prezident bilan uchrashgan yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali g‘olibi Ayzada Asanova Prezident sovg‘asini qabul qilib oldi.

Prezident bilan uchrashgan yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

 

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan bayram tadbiri doirasida Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga bir qator innovatsion loyihalar taqdim etildi.



Taqdimot davomida iqtidorli yoshlar ilmiy ishlanmalari, muhandislik loyihalari va innovatsion g‘oyalarini namoyish etdi. Xususan, No‘monjon Ibrohimov “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali natijalari hamda mamlakatda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.



FPV dronlar poygasi bo‘yicha 2024–2025-yillar O‘zbekiston chempioni Biloliddin Ismoilov tomonidan “Shunqor-8” va “X1” antidron tizimlarini yaratish hamda takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlanmalar taqdim etildi.



Shuningdek, Diyora Kurmayeva oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yo‘nalishini hamda maxsus ilmiy laboratoriyani tajriba tariqasida tashkil etish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.



Tadbir yakunida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibi Ayzada Asanova Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi. Shuningdek, u Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident bilan uchrashgan yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi | Zamon.uz